Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi, shoir Alisher Navoiy tavlludining 582 yilligi hamda mohir sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari, boshqarma Faxriylar kengashi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik G‘ulom Isamov ochdi.
Tadbirda so‘z olganlar davlat va jamoat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy va shoh va shoir Boburning falsafiy va ilmiy asarlari ma’naviyatimizni boyitishda bebaho xazina ekanligini ta’kidladi.
Bu ijodkorlarning asarlari juda ko‘p va ular o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda qo‘l keladi. Jumladan, inson kamoloti, uning ma’naviy qadriyatlar haqidagi xalq og‘zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda eng qulay vositadir. Buyuk adiblarning asarlari, tazkira hamda ruboiylarida insonni axloq-odobi, uni komilikka yetaklovchi ma’naviy dunyosini boyitish borasida insoniy qadriyatlar ibratli satrlarda ifodalangan.
Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy sifatlarini ongi va tushunchalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.