19 Noyabr 2022 yil 30

Respublika ishchi guruhining sayyor qabulida muammolar yechim topmoqda

Prezident Administratsiyasi topshirig‘i va Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida respublika ishchi guruhi Shahrisabz shahrida sayyor qabullar o‘tkazdi. Respublika ishchi guruhi tarkibida Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Jalolov hamda vazirlik boshqa tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari, hududiy ichki ishlar organlari, viloyat va tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda turli masalalarga oid 25 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlariga ishga kirish, surishtiruv tergov harakatlaridan norozilik, sodir etilayotgan huquqbuzarlik haqida xabar, o‘zini o‘zi band qilishi uchun ish qurollari olish, ID-karta rasmiylashtirish va ichki ishlar organlaridan minnatdorchilik kabilardan iborat bo‘ldi.

Murojaatlarning 8 tasi  ijobiy hal etildi, 17 tasi nazoratga olindi. Murojaat etgan fuqarolar orasida 1 nafar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va tergov surishtiruv harakatlari uchun bildirilgan minnatdorchilik ma’lumot uchun qabul qilindi. Shu bilan birga, qabulda 4 ta xotin-qizlarga o‘zini-o‘zi band qilish uchun tikuv mashinalari, 3 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar joyida rasmiylashtirib berildi. 

Ishchi guruhning sayyor qabulida Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari vakolatiga kiradigan va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul xodimlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech