18 Noyabr 2022 yil 255

Respublika ishchi guruhining sayyor qabulida muammolar yechim topmoqda

Xalq bilan muloqot qilish, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etish maqsadida Prezident Administratsiyasining topshirig‘i asosida respublika ishchi guruhi, idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Ana shunday sayyor qabul G‘uzor tumanida ham tashkil etildi.

Ishchi guruh tarkibida Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Jalolov hamda boshqa tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari, hududiy ichki ishlar organlari, viloyat va tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan holda G‘uzor energetika sanoati texnikumi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida turli masalalarda 40 ta murojaatlar qabul qilinib, ularning 37 tasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liqligi bois muammolarni yechish choralari ko‘rildi. Jumladan, qabulga kelgan lar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish va

ID-karta rasmiylashtirish, ichki ishlar organlariga ishga kirish, surishtiruv tergov harakatlari va tergovga qadar tekshiruv harakatlaridan norozilik, mol-mulk mablag‘larini undirish masalasi, oila turmush doirasidagi kelishmovchiliklar, yo‘l harakati xavfsiziligin ta’minlash, qidiruvdagi shaxslarga oid, jazoni o‘tashdan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish va ularni nazorat qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki ishlar organlaridan minnatdorchilik hamda boshqa maslalarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, qabulda kelib tushgan murojaatlarning orasida hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga oid taklif bo‘lib, 2 nafar fuqroga o‘zini-o‘zi band qilish uchun poyabzal tikish dastgohi, charx va payvandlash apparati berildi.

Sayyor qabulga kelgan fuqarolardan tushgan murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal etildi, vaqt va mablag‘ talab etadigan 31 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.  Uch nafar murojaatchilarning IIO xodimlariga minnatdorchiliklarii ma’lumot uchun qabul qilindi.

Bundan tashqari, viloyat IIB Probatsiya hisobida turgan 3 nafar shaxslarning murojaatlari, ya’ni, o‘talmay qolgan jazolarini muddatidan ilgari tugatish haqidagi iltimosi qanoatlantirildi.

Aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni o‘rganish va hal etish, hududiy ichki ishlar organlarida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganilib, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.

Text to speech