16 Noyabr 2022 yil 268

Respublika ishchi guruhining sayyor qabulida bir qator muammolar yechim topmoqda

Prezident Administratsiyasining topshirig‘i asosida bugun respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimligida sayyor qabul o‘tkazdi.

Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik – idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan sayyor qabulda Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Jalolov hamda Vazirlik boshqa tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari tomonidan, hududiy ichki ishlar organlari, viloyat va tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan turli masalalarga oid 35 ta murojaatlar tinglanib, shundan 19 tasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liqligi bois o‘rganib chiqildi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlariga ishga kirish, surishtiruv tergov harakatlaridan norozilik, sodir etilayotgan huquqbuzarlik haqida xabar va ichki ishlar organlaridan minnatdorchilik kabilardan iborat bo‘ldi.

Murojaatlarning 8 tasi  ijobiy hal etildi, 11 tasi nazoratga olindi. Murojaat etgan fuqarolar orasida 7 nafari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va tergov surishtiruv harakatlari uchun bildirilgan minnatdorchilik ma’lumot uchun qabul qilindi. Shu bilan birga, qabulda 8 ta xotin-qizlarga o‘zini-o‘zi band qilish uchun tikuv mashinalari, 8 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar joyida rasmiylashtirib berildi 

Ishchi guruhning sayyor qabuli viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech