1 Fevral 2023 yil 258

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 13 ta soha va tizim mas’ullaridan iborat respublika ishchi guruhining faoliyati davom ettirilmoqda. Ishchi guruh tarkibidagi IIV mas’ullari ichki ishlar organlari xodimlari xodimlari bilan “xonadonbay”, “fuqarobay” tartibda fuqarolar murojaatlarini o‘rganmoqda.

Bugun  Qamashi tumani 3-sektorga qarashli  “G‘ishtli”, “Jonbuzsoy”, “Jonbuz”, “Mehr”, “Bog‘obod”, “Istiqbol” mahallalarida bo‘lgan ishchi guruh fuqarolarning maishiy va kommunal hamda kundalik muammolarini o‘rganib, yechimini topish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, 3-sektrga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarga nogironlik aravachasi, qo‘ltiqtayoq, quloqchin eshitish moslamasi berildi. Ushbu jarayonda ayrim fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, uyini ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan tumandagi “Oynako‘l” mahallasida joylashgan “Yortepa” oilaviy shifokorlik punkti biriktirilgan 300ga yaqin  fuqarolarning sog‘ligi nazoratdan o‘tkazilib, tegishli tibbiy tavsiyalar berilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida mablag‘ va vaqt talab etadigan murojaatlar yechimini topish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Text to speech