27 Yanvar 2025 yil 560

Respublika ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi Qashqadaryo vilyatida bo‘lib turibdi.

Xususan, bugun Qarshi shahri hokimligida respublika ishchi guruhi vakillari B.Musurmonov hamda S.Razzoqov, viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Aminova, viloyatdan biriktirilgan mas'ullar, shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirokida  uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur ishchi guruh oldiga qo‘yilgan vazifalar, undan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilib, kelgusi ishlar rejalashtirib olindi.

Text to speech