Respublika ishchi guruhi viloyat mas’ullari bilan birgalikda Prezident Administratsiyasi topshirig‘i asosida Shahrisabz shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi
Navbatdagi ommaviy sayyor qabulda Prezident Xalq qabulxonasi vakillari, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, vazirliklar va idoralar, banklar mas’ullari, viloyat sektorlar rahbarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishtirok etishdi.
Unda Ichki ishlar vaziri
o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov va viloyat ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvoxid Ismoilov bir guruh
fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov, tezkor qidiruv va profilaktika
xizmati xodimlari olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari, ishga kirish,
o‘zini o‘zi band qilish, kredit olish va ID-kartalar olishga oid muammolarini
qabul qildi.
Qabulda 21 nafar fuqarolarning
murojaatlari tinglandi. Shundan 11 ta muammolar joyida hal etildi. Ba’zi
murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berilib, o‘rganish uchun vaqt va mablag‘
talab etadigan 10 ta murojaatlar nazoratga olindi.
Jarayonda ilk pasport olish
yoshiga yetgan yoshlar va fuqarolarga ID-kartalari tantanali ravishda
topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.