22 Yanvar 2025 yil 765

Respublika ishchi guruhi tomonidan Qamashi tumanida sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Jumladan, bugun mazkur ishchi guruh a’zolari ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sh.X.Rafikov, viloyat IIB JXX  boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.B.Beshimqulov Qamashi tumanida bo‘lib, tuman hokimi Xurshid Usmonov boshchiligidagi sektor rahbarlari bilan birgalikda tuman hokimligi faollar zalida tuman tashkilot rahbarlari, “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda mazkur qarorning mazmun mohiyatini ijro organlarining barcha bo‘g‘inlariga yetkazishga e’tibor qaratildi.

Xususan, Qarorga ko‘ra  profilaktika inspektori yordamchisi lavozimi tugatiladi va og‘ir mahallalarda kichik profilaktika inspektori lavozimi joriy etiladi.  Jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika bo‘linmalari, tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.

"Qizil" toifaga kiritilgan, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etilishi ta’kidlandi.

Kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida "Elektron ma’muriy ish", "Elektron ijtimoiy profilaktika" axborot tizimlarini amaliyotga keng jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech