Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari davom etmoqda
Davlat rahbarining 2025 yil 3 yanvarda joriy yilda jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida qabul qilingan PQ-1-sonli qaroriga muvofiq, hududlarda xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlashga qaratilgan tadbirlar ijrosi, kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni erta aniqlash oldini olish borasida
IIV Transport va turizm
obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tashkiliy muvofiqlashtirish
boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i polkovnik S.D.Usmanov boshchiligidagi Respublika
ishchi guruhiing Kasbi tumanidagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Ishchi guruh 3-sektordagi
“Paxtakor” mahallasida bo‘lgan ishchi guruh yettilik bilan uchrashib, ishsizlik
va kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar
murojaatlari bilan manzilli ishlash, aholi xonadonlarini xatlovdan
o‘tkazish va migratsiyadan qaytgan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash,
xorijda kam daromad topayotgan fuqarolarni yashash hududlariga qaytarib
bandligini ta’minlash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
O‘rganishlar davomida 3-sektorga
qarashli “Jarko‘cha” mahallasi bo‘lib, mahallada aholini toza ichimlik suvi
bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini
ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng ishchi guruh
tumanda "Sulton" brendi nomi ostida faoliyat olib borayotgan
tikuvchilik fabrikasida ham bo‘lib, u yerda ishlayotgan xotin-qizlarga
yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.