10 Iyun 2022 yil 567

Reyd tadbirlari davomida qoidabuzar haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko`rilmoqda

Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan transport vositasini mast holda boshqarish bilan bogʼliq 4 ta holat aniqlandi. Bundan tashqari tezlikni belgilangan meʼyordan oshirish, davlat raqam belgilarini yashirish, harakatlanishga qarama-qarshi yurish, tegishli xujjatlarsiz transport vositasini boshqarish, kabi 5 ta qoidabuzarliklarga tegishli tartibda choralar koʼrilmoqda.

Shuningdek, viloyatda jinoyatchilikni oldini olish boʼyicha oʼtkazilayotgan qator profilaktik tadbirlarda qidiruvda boʼlgan 1 nafar shaxs ushlandi.

Аyni kezlarda viloyat IIB JXX YHXB saf tuzilmalari tomonidan viloyat hududida yoʼllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash va yoʼl-transport hodisalarini oldini olish uchun qator profilaktik targʼibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech