25 Mart 2023 yil 330

Referendum – xalq irodasining hayotiy ifodasi

Yangidan qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining matni 2022 yil 25 iyun kuni «Bumening Konstitutsiyam» portali orqali umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Bungacha esa 46 kishidan iborat maxsus komissiya ushbu loyiha ustida bir oy ishladi hamda xalqimiz tomonidan kelib tushgan 60.000 dan ziyod taklif va mulohazalarni o‘rganib chiqdi. Konstitutsiyaning loyhasida har bir fuqaroning huquq va erkinliklari aks etgan.

Shuningdek, yangi Konstitutsiyaning loyihasida asosiy qonunning 64-ta moddasiga 200dan ortiq                                            o‘zgartirishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilmoqda. Xususan, Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasini “O‘zbeksiton – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat” jumlasiga o‘zgartirish va bu orqali Konstitutsiyaning 127-moddasiga “ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu moddasi ikkinchi qismining qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas»ligi haqida qat’iy norma kiritilmoqda. Bu bilan davlatimiz o‘zining tanlagan yo‘lidan hech qachon ortga qaytmasligi, islohotlarning davomiy bo‘lishi, inson huquq va erkinliklarini ulug‘lanishi Bosh qonunimizning ilk normasidayoq o‘z aksini topmoqda. Bundan tashqari, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash maqsadida Konstitutsiyaning bir qator moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Chunonchi, Konstitutsiyaning 13-moddasiga «insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi» haqida qoidalar kiritilishi kutilmoqda. Bu esa albatta, xalq davlat uchun emas, davlat idoralari xalq uchun shiorining ko‘rinishi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 22-moddasiga quyidagicha yangi qoidalar kiritilmoqda: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas. Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi». Ushbu kiritilayotgan yangi norma orqali nafaqat davlatimizda yashayotgan, balki chet el mamlakatlarida ham istiqomat qiluvchi fuqarolarimizga ham davlatimiz tomonidan beg‘araz yordam berilishi o‘z aksini topgan.

Bundan tashqari, inson qadrini ulug‘lash yo‘lidagi eng katta qadamlardan biri bu albatta, jinoyat uchun o‘lim jazosining ta’qiqlanishi bosh qonunimiz orqali belgilab qo‘yilishidir. To‘g‘ri, Respublikamizda 2008 yil 1 yanvar sanasidan boshlab o‘lim jazosi bekor qilingan, biroq bu qoidaning Konstitutsion darajada belgilanishi O‘zbeksitonda inson qadrining birinchi o‘ringa olib chiqilgani bilan baholanadi.

Text to speech