Rasmiy munosabat
2020 yilning 19 may kuni Yakkabogʼ tumani, “Obod” MFY, Toʼrtkoʼltepa koʼchasi, 143-uyda yashovchi fuqaro S.Аxmedova Yakkabogʼ tumani IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 9 may kuni soat 08:00 larda oʼzini “Jasur” deb tanishtirgan, asl ismi I.Tovqoraev +99890-44 raqamidan video qoʼngʼiroq orqali u bilan gaplashganligini, 2020 yil 13 may kuni soat 11:00 larda I.Tovqoraev +99890-42 telefon raqamidan uning telegramm messenjeriga video qoʼngʼiroq orqali gaplashayotganligi tushirilgan fotosuratni joʼnatib, agar 200 АQSh dollari bermasa, ushbu suratni internet ijtimoiy tarmoqlariga taqatib yuborishini hamda Rossiya davlatida ishlab yurgan turmush oʼrtogʼiga joʼnatishini aytib, undan 200 АQSh dollari talab qilganligini, u esa bundan qoʼrqib, tanishi S.Vahobov orqali I.Tovqoraevga 200 АQSh dollari berganligini maʼlum qilib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Mazkur holat Yakkabogʼ tumani IIBda qayd etilib, holat yuzasidan Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi 29.08.2020 yilda fuqarolar I.Tovqoraev va S.Vahobovlarning fuqaro M.Аxmedovaga video qoʼngʼiroq orqali gaplashayotganligi tushirilgan fotosuratni joʼnatib, undan tovlamachilik yoʼli bilan 200 АQSh dollari talab qilishganligi holatini ishda toʼplangan dalillar majmui boʼyicha tasdiqlash imkoni boʼlmaganligi sababli Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Oʼz.R JPKning 83-moddasi 2-qismi bilan tugatilgan.
Mazkur qaror 22.10.2020 yilda Yakkabogʼ tumani prokurori adliya maslahatchisi А.Аbduraxmanov tomonidan bekor qilinib, shu kuni tergovga tegishliligi boʼyicha Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimiga yuborilgan.
Jinoyat ishi 22.11.2020 yilda fuqarolar I.Tovqoraev va S.Vahobovlarning fuqaro M.Аxmedovaga video qoʼngʼiroq orqali gaplashayotganligi tushirilgan fotosuratni joʼnatib, undan tovlamachilik yoʼli bilan 200 АQSh dollari talab qilishganligi holatini ishda toʼplangan dalillar majmui boʼyicha tasdiqlash imkoni boʼlmaganligi sababli Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tergovchisi tomonidan Oʼz.R JPKning 83-moddasi 2-qismi bilan tugatilgan.
Mazkur qaror 21.12.2020 yilda Yakkabogʼ tumani prokurori adliya maslahatchisi А.Аbduraxmanov tomonidan bekor qilinib, jinoyat ishi shu kuni dastlabki tergov harakatlarini olib borishni tashkillashtirish uchun viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan nazorat tartibida oʼrganilmoqda.