6 Avgust 2021 yil 582

Raqamlashtirish - davr talabi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʼtarish chora-tadbirlari toʼgʼrisisda”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIBda kengaytirilgan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari polkovnik Najmiddin Toʼraxodjaev, boshqarma boshligʼi oʼrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok etdi. Yigʼilishni boshqarma boshligʼining 1-oʼrinbosari polkovnik Jasur Аtaev ochdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʼrinbosari polkovnik Najmiddin Toʼraxodjaev soʼzga chiqib, viloyatda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikkka qarshi kurashishning yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi boʼgʼinidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yoʼlga qoʼyish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning yangi mexanizmlari tashkil etilganini taʼkidladi. “Respublika-viloyat-tuman-mahalla” tizimi asosida yaxlit boshqaruv va uzluksiz nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish, sohani toʼliq raqamlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, har qanday qonunbuzarlik va jinoyatlarni elektron tizimini shakllantirish oʼz samarasini berishini taʼkidladi.
Har bir sohaviy xizmat yoʼnalishida tashkil etilayotgan raqamlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, bundan tashqari ichki ishlar organlarida mavjud yagona internet tarmogʼiga ulangan elektron dasturlardan (tizim) samarali foydalanishni, buning uchun har bir xodim zamonaviy axborot texnologiyalari oʼzlashtirish boʼyicha bilimlarini oshirishlari lozimligini taʼkidlab, bu borada sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qoʼydi.
Yigʼilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech