9 Aprel 2024 yil
585
Ramazon hayiti munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-tumanlaridagi namozlar ado etiladigan masjid va ularga tutash hududlarda jamoat tartibi saqlanib, kuchaytirilgan tartibda xizmati o‘taladi
Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida viloyat IIB rahbariyati xizmat oldi
yo‘riqnoma o‘tkazib, xodimlar xizmatga safarbar etildi.
Fuqarolardan muqaddas
Ramazon hayiti bayrami davomida jamoat tartibi qoidalariga rioya qilishlarini
so‘rab qolamiz.
Qashqadaryo viloyati IIB barcha
yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi.