Rahbarlar uchun psixologik trening
Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida IIV huzuridagi JIED MMI VA KBTB xodimlari tomonidan “Rahbar ma’naviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati”, “Rahbar psixologiyasi” mavzularida seminar-trening tashkil etildi. Unda Departament psixologi, 4-mintaqaviy hudud tasarrufidagi Tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish koloniyalari va manzil koloniyalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, bo‘lim va bo‘linma hamda guruh rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar-treningda Departament psixologi kapitan Aziz Saxatov rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarni boshqaruvchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlari, jamoalarning ma’naviy-ruhiy muhiti ahvolini o‘rganish borasida ishtirokchilarga atrofliyachcha tushunchalar berdi. So‘ngra, ishtirokichlar guruhlarga bo‘lingan holda treningda qatnashishdi.
Tashkil etilgan mazkur seminarda psixologlar tomonidan rahbar xodimlari uchun psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Treningda rahbarlarning yuqori tashkilotchilik va ishchanlik qobiliyati, dunyoqarashi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish bilan bog‘liq psixologik maslahatlar berib o‘tildi. Bundan tashqari kasbiy maishiy, stress (zo‘riqish), depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berildi.
Psixologik treningda qo‘l ostidagi xodimning xizmatga moslashish jarayoni, psixologik qo‘llab-quvvatlanishi, psixokonsultativ suhbatlarning amaldagi to‘g‘ri tashkillashtirilishi amaliy mashqlari yuzasidan ko‘nikma hosil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tashkil etilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarini ruhiyatini mustahkamlashi shubhasiz.