25 May 2022 yil 508

Rahbar psixologiyasi

     Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosarining 2022 yil 17 may kunidagi reja-topshirigʼiga asosan, viloyat IIBda “Rahbar maʼnaviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati”, “Rahbar psixologiyasi” mavzularida seminar-trening tashkil etildi. Unda boshqarma soha xizmatlari rahbarlari ichki ishlar organlari rahbar kadrlar zahirasiga olingan xodimlar ishtirok etdi. Tadbirni viloyat IIB MMI va KBTX boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Shermuxammad Muslimov ochdi.
    Tadbirda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti yetakchi mutaxassis-psixologi kapitan Jasur Karimov dastlab seminar-trening mavzularini ishtirokchilarga tushuntirdi.
    Seminar-treningda rahbarlik lavozimlariga tayinlanayotgan xodimlarni boshqaruvchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini oʼrganishga qaratilgan ishlar tartibi va shaffofligi, jamoalarning maʼnaviy-ruhiy muhiti ahvolini oʼrganish boʼyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha guruhlarga boʼlingan holda bahs-munozara asosida olib borildi.
     Tabelь qurolidan foydalangan holda xizmat olib boradigan xodimlar bilan buyruq talablari asosida ish olib borish, salbiy xulq-atvorga moyilligi yuqori xodimlarni aniqlashga qaratilgan psixologik-tadbirlar, trening, oʼquv-amaliy mashgʼulot va davra suhbatlarida xodimlarning xizmatga moslashish jarayoni, psixologik qoʼllab-quvvatlanishi, psixokonsulьtativ suhbatlarning amaldagi toʼgʼri tashkillashtirilishi muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
     Tashkil etilgan mazkur seminarda psixologlar tomonidan rahbar xodimlari uchun psixologik trening mashgʼulotlari oʼtkazildi. Treningda xodimlar dunyoqarashi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʼurur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bilan bogʼliq psixologik maslahatlar berib oʼtildi. Bundan tashqari kasbiy maishiy, stress (zoʼriqish), depressiya va boshqa salbiy ruhiy holatlarni oldini olish boʼyicha psixologik tavsiyalar berildi.
     Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarini ruhiyatini mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Text to speech