7 May 2022 yil 605

Ragʼbat fidoyilikka undaydi

      Qaerdaki, xizmatga yarasha ragʼbat boʼlsa, ishda unum va baraka boʼladi. Bu anʼana boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlarida ham yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Jumladan, viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, unga qarshi kurashish hamda sodir etilganlarini fosh etish, jinoyat sodir etib, jazodan qochib yurgan shaxslarni aniqlashda oʼz xissalarini qoʼshgan xodimlar alohida ragʼbatlantiriladi.

       Jinoyatlarni oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish, qidiruvdagi shaxslarn ushlash va topishda jonbozlik koʼrsatganliklari uchun viloyat ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatida faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlarning har biri 2.000.000 (ikki million) soʼm miqdorida pul mukofoti va tashakkurnoma bilan ragʼbatlantirildi.

      Bundan tashqari, biriktirilgan hududda jinoyatlarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, fuqarolarning muammolarini bartaraf etish borasida viloyat sektorlari faoliyati boʼyicha oʼtkazilgan tanlovning “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasida Koson tumani IIB birinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi. Gʼolib sektor rahbari, Koson tumani IIB boshligʼi polkovnik Ilxam Kutlimuratovga 27 000 000 soʼm pul mukofotining sertifkati topshirildi.

Text to speech