RAQAMLI TЕXNOLOGIYALAR JINOYATLARNI OLDINI OLISHGA XIZMAT QILMOQDA
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Qarshi tuman hokimi Zoyir Aliqulov hamrohligida tumanida kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.
Viloyat 3-sektor rahbari o‘rganishlar davomida jinoyatlarni barvaqt aniqlab oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida beminnat xizmat qilayotgan tumanga kirish-chiqish, markaziy chorrahalari, bozorlar va aholi gavjum to‘planadigan umumiy ovqatlanish joylari va uning atrofida o‘rnatilgan videokameralarning ishlash jarayoni, IIB situatsion markaziga ulanganini ko‘zdan kechirishdi. Bunday imkoniyatlar natijasida jinoyatlar salmog‘i kamaygani qayd etildi.
Tuman sektorlar rahbarlariga jinoyat o‘choqlarida qonunbuzarliklarni oldini olish uchun bosqichma-bosqich videokamera o‘rnatish ishlarini jadallashtirish borasida tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.