23 Iyul 2022 yil 342

Quvur o‘g‘risi topildi

   Qarshi tumani “Mustaqillik” MFYda yashovchi T.T tumanning “Istiqlol” MFY hududiga o‘rnatish uchun olib kelingan D-530 mmli 77 metr metall quvurlarni noma’lum shaxslar yashirin ravishda talon-toroj qilinganligini bildirgan.

   Tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv mobaynida ushbu jinoyatni Qarshi tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi D.R. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida undan 77 metr metall quvurlar hujjatlashtirib olingan.

   Qarshi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zR JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Text to speech