28 Iyul 2021 yil 550

Qoʼylar egasiga qaytarildi

 

Qarshi tuman IIBga 2021 yil 18 iyul kuni tushgan xabarga koʼra, Qarshi tumani “Navoiy” MFYda yashovchi I.F. 2021 yil 29 iyun kuni soat 14:30dan 17:00lar vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxslar uyida hech kim yoʼkligidan foydalanib, molxonasidagi bozor bahosi 11.400.000 soʼm boʼlgan 7 bosh quylarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida oʼgʼrilar aniqlandi. Maʼlum boʼlishicha, ushbu oʼgʼirlikni, Qarshi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan R.D. tanishlari, Qarshi shahar “Beklar” MFYda yashovchi А.Z., Qarshi shahar 7-mittitumanda yashovchi А.J. hamda Yakkabogʼ tumanida yashovchi U.Ya. bilan sodir qilgan. Jinoiy guruh aʼzolaridan 7 bosh quylar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech