Qo‘shnisini tunagan ayol
Xalqmimizda o‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma degan naql bor. Ammo Qarshi shahar “Istiqlol” MFYda ko‘p qavatli uyda yashovchi uy bekasi Ch.G. uyini ta’mirlash davomida mol-mulkini ochiq qoldirgani bois bugun yer chizib qoldi. U joriy yil 17 iyul kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, yashash xonadonida qurilish ishlarini olib borgan vaqtida, noma’lum shaxs 46.750.000 so‘mga teng bo‘lgan tillo taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi E.S. sodir etganligi aniqlandi.
Ayni kezlarda holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.