21 Fevral 2023 yil 540

Qo‘shmachining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Fahsh ishlar va zino qonunda ham, dinda ham qoralanadi. Ammo ayrim shaxslar mo‘may daromad ilinjida bunday nojoiz ishlardan tap tortmayapti. Jumladan, Dehqonobod tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Oriyat” tadbirda o‘z uyida 50 ming so‘mga fuqarolarning jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergan qo‘shmachining kirdikorlari fosh etildi.

Holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi TG tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech