Qo‘shmachi qo‘lga tushdi
Fahsh va zino ishlar qonunda ham, dinda ham qoralanadi. Ammo ayrim shaxslar buni yaxshi bilsa-da, bel og‘ritmay mo‘may daromad topish maqsadida bunday jirkanch ishlardan tap tortmayapti. Jumladan, Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan 2023 yil 19 iyul kuni yarim tunda o‘tkazilgan tadbirda yana bir qo‘shmachining kirdikorlari fosh etildi.
Tumanni “Mevazor” MFYda yashovchi R.SH. hamshaharlari T.F. va S.X.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun yashash uyidan joy berish evaziga 100.000 so‘m pul olganda Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘lga tushdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan R.SH. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (qo‘shmachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.