15 Iyul 2022 yil 506

Qo‘sh velosiped o‘g‘risi ushlandi

   Qarshi shahar “Darvozatutak” MFYda yashovchi uy bekasi J.N. hamda “Nuriston” MFYda yashovchi Sh.M.lar 2022 yil 13 iyul kuni ariza bilan murojaat qilishib yashash uyining kirish yo‘lagidan farzandlariga tegishli bo‘lgan velosipedlarni noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirishgan.

   Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni Qarshi tumani “Uzumzor” MFYda yashovchi K.F. sodir etganligi aniqlandi.

    Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan K.F. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech