16 Avgust 2022 yil 248

Qo‘sh telefon o‘g‘risi

Koson tumani “Quybog‘” MFYda yashovchi Z.L tumandagi Dehqon bozori yonidagi savdo majmuasida qo‘l telefonini sumkasidan topolmadi. Natijada ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildi. Shu kuni Muborak tumani “Gulshan” MFYda yashovchi T.N. ham Koson tumani “Ko‘hna qal’a” bozorida sumkasidan qo‘l telefoni va 1.250.000 so‘m puli bo‘lgan hamyonini noma’lum shaxs o‘g‘rilab ketganligini bildirgan.

Holat yuzasidan Koson tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida o‘g‘irlikni Qarshi shahar “Mag‘zon” MFYda yashovchi M.A. sodir etganligi aniqlanib, undan yo‘qolgan telefon apparatlari tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Ayni kezlarda Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.A.ga nisbatan O‘zR JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Text to speech