17 Fevral 2021 yil 609

QOʼSH JINOYAT MUHOKАMАSI

Yaqinda Dehqonobod tumani Yashnobod MFYda joylashgan 40-sonli oʼrta maktabda firibgarlik va ogʼir oqibatli yoʼl-transport hodisasi jinoyatlari muhokamasi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB, tuman IIB, Yashnobod MFY, va XTBga qarashli 40-sonli oʼrta maktab oʼqituvchilari va keng jamoatchilik vakillari, jinoyat ishtirokchilarining oila aʼzolari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan soʼz olgan viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov Dehqonobod tumani “Oqrabod” MFYda yashovchi fuqaro M.X., Surxondaryo viloyati, Jarqoʼrgʼon tumanida yashovchi tanishi X.А. 2018-2019 yillar davomida yashash uyiga kelib, dastlab avtomashina olib berishini vaʼda qilib, 80.000.000 soʼm pulini olib ketganligini soʼng esa unga avtomashina emas kavrak oʼsgan yer olib berishini, oradan biroz vaqt oʼtib, kovrak oʼsimligini ekish uchun va yana shira-simolasini yigʼib olishga koʼproq pul kerak boʼlayotganligini aytib, ishonchiga kirib, jami 215.000.000 soʼm pullarini olib, shu kunga qadar pullarini bermasdan kelayotganligi bois tuman IIBga ariza yozganini aytib oʼtdi.

Oʼzgalarni chuv tushirish uchun firibgarlar odatda toʼgʼridan-toʼgʼri qarz soʼramaydi, - dedi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov. – Firibgarlar fuqarolarni arzon avtomashina, hududiy joylashuvga qarab uchastka uchun yoki kovrak va boshqa qishloq xoʼjalik ekinlari ekishga yer olib berish, farzandini ishga joylashtirish, baʼzi muamolarini hal qilib berishni vaʼda qilib odamlarni pulini olib chuv tushirishi koʼpchilikka yaxshi maʼlum.

Ichki ishlar organlari xodimlari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlarning kirdikorlari haqida qancha koʼp axborotlar, ularning tuzogʼiga tushib qolmaslik haqida ogohlantirishlar bermoqda. Buni koʼpchilik yaxshi biladi. Huquq-tartibot idoralari yoki hokimiyat vakillaridan falonchi aka bilan tanishman, har qanday ishimni hal qilib beradi, purmaʼno gaplarga uchmaslik kerak. Аna shunday odamlarga duch kelganda sal ehtiyotkor boʼlish kerakligi ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.     

   Xalqimizda falokat oyoq ostida degan naql bor. Odatda bu koʼproq haydovchilarga nisbatan aytilgandek, goʼyo. Shunday ekan, yoʼllarda avtomashina boshqarishda ehtiyotkorlik va ziyraklik, hushyorlikni qoʼldan bermaslik kerak,- dedi boshqarma boshligʼi oʼrinbosari. - Gʼuzor tumani Аvgʼonbogʼ qishlogʼida yashovchi Z.N. 2021 yilning 16 fevral kuni soat 04:00 larda Dehqonobod tumani, “Yashnaobod” qishlogʼi hududidan oʼtgan M-39 raqamli “Olmaota–Toshkent-Termiz” yoʼlining 1299 kilometrida oʼzini boshqaruvida boʼlgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Termiz-Gʼuzor” yoʼnalishi boʼylab boshqarib kelib, yoʼlning oʼng tomondagi pastlik(jarlik)ka tushib ketib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan. Oqibatda avtomashinada boʼlgan yoʼlovchilar Gʼuzor tumanida yashagan X.U., B.А K.Z. tan jarohati olib voqea joyida vafot etganini taʼkidladi. Bundan tashqari, avtomashinada boʼlgan yoʼlovchi Gʼuzorlik H.J. va haydovchi Z.N tan jarohati olib shifoxonaga tushgan.

Keyingi paytlarda ayrim kirakash haydovchilar pul topish ilinjida meʼyorda uxlamasdan avtotransport ruliga oʼtirayotgani mana shunday ayanchli yoʼl-transport hodisalarini keltirib chiqarayotganini bildirdi. Bundan tashqari vaqtdan yutish ilinjida tunda yoʼlga chiqish kabi odatlar ham bunga sababchidir. Biror hujjat hujjat yoki texnik va tibbiy koʼrikdan oʼtmasdan kirakashlik qilish uchun avtomashina ruliga oʼtirish aslida qonunbuzarlik. Bu borada ota-onalar yoki oilaning yoshi ulugʼlari yoshlarga tegishli yoʼl-yoʼriq va maslahat berishi lozim. Аna shunda haydovchining xatosi sabab odamlar hayotdan bevaqt koʼz yumishining oldi olinishi ishtirokchilarga uqtirildi. 

Text to speech