Qoradori tadbiri jarayonida aniqlandi
Mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan “Qoradori-2022” tezkor tadbiri davomida qator giyohvandlik moddalarini yetishtirsh, saqlash va oʼtkazish jinoyatlariga qoʼl urayotgan shaxslarning kirdikorlari fosh etilmoqda. Jumladan, Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan 2022 yil 15 may kuni oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida shaharning Temir yoʼl shoxbekati oldidagi koʼp qavatli uy oldida turgan Qamashi tumani “Uzunnavo” MFYda yashovchi N.B.ga boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisining bejo harakatlari ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uygʼotdi. Аvtomashina xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, old saqlash qutisidan (bardachok) bir dona koʼk selofan paket boʼlagiga oʼralgan gashish giyohvandlik vositasi topildi. Giyohvand modda taroziga qoʼyilganda 0,97 gramm tosh bosdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.