8 Avgust 2023 yil 264

“Qoradori” tadbiri davomida aniqlandi

Joriy yilning 30 iyul kuni Kitob tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida tumanni “Bog‘ibaland” MFYda yashovchi uy bekasi M.M.ning xatti-harakatlari ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg‘otdi. Uning hovlisi ko‘zdan kechirilganda bir tup kannabis giyohvand o‘simligini yetishtirib kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Kannabis o‘simligining quritilmagan (nam) holatdagi jami sof og‘irligi 28,5  gramm ekanligi ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech