30 Iyun 2020 yil 978

QONUNIYLIK - XIZMАT АSOSI

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yil 15 iyunь kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.Bobojonov huzurida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi kun tartibida koʼrib chiqilgan masalalar ijrosiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB rahbariyati va tezkor xizmatlar xodimlari ishtirok etishdi. Yigʼilishni viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev ochdi.

Dastlab, boshqarma va shahar-tuman IIBlari tezkor xizmati xodimlari saf koʼrigida qatnashib, kiyinishi, yurish-turishi oʼrganilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Soʼngra, yigʼilishda ishtirok etgan ichki ishlar organlari xodimlariga fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʼlishi, huquqbuzarlar va jinoyatchilar bilan vakolat doirasidan chetga chiqmasdan qonun doirasida muloqot qilish tushuntirildi. Ushbu jarayonda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini hurmat qilgan holda muloqotda boʼlish, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga rioya etishi shartligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari xalq xizmatchisi. Bas shunday ekan, xizmatni Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, IIVning tegishli buyruq va meʼyoriy hujjatlari asosida oʼtash bugungi kun talabi.

Аksincha, qoʼpollik, mansab vakolatidan chetga chiqish, poraxoʼrlik, taʼmagirlik qilib, fuqarolarning huquq va erkinlarini poymol qiluvchi xodimlarga ichki ishlar organlari safida joy yoʼqligi uqtirildi.

Yigʼilish yakunida xizmatda ijobiy natijalarni qoʼlga kiritgan tezkor xodimlar boshqarma rahbariyatining “Tashakkurnoma”si va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.   

Text to speech