16 Oktyabr 2020 yil 869

Qonuniylik - xizmat asosidir.

Boshqarma boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.N.Yaxshiev, Boshqarma HPB boshligʼi oʼrinbosari X.А.Toʼraevalar ishtirokida Nishon, Kasbi, Mirishkor, Muborak va Qarshi tumanlarida IIB HPB TP profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan  joriy yilning 9 oy yakunida amalga oshirilgan ishlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar muxokama qilinib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrь kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi OʼRQ-640-sonli Qaroriga asosan kiritilgan oʼzgartirishlarga toʼxtalib, jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga 2061–moddasi kiritilganligini, 2061–moddasida tazyiq oʼtkazgan va (yoki) zoʼravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʼlgan shaxs tomonidan ximoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanib, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan 223 ming soʼmdan 669 ming soʼmgacha jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish jazosi qoʼllanilishi toʼgʼrisida tushuncha berildi.  

Shuningdek, xizmat intizomiga va qonunchilikka amal qilishlari toʼgʼrisida har bir profilaktika inspektori ogoxlantirilib, viloyat xududida sodir etilayotgan holatlar bilan tanishtirildi.       

Qashqadaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar boshqarmasi.

 

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati.

Text to speech