26 May 2022 yil 270

Qonunbuzarlarga chora koʼrildi

 

Qarshi tumani Fayziobod MFYda joylashgan “LT Texteli International” MChJ shaklidagi xorijiy korxonada ishlab kelayotgan 2 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari amal qilish muddati tugagan viza asosida Oʼzbekistonda boʼlish qoidalarini buzib yashab kelayotganligi holati tadbirlar davomida aniqlandi.
Mazkur holat Qarshi tuman IIB M va FRB masʼul xodimlari tomonidan oʼrganib chiqilib, tumanda faoliyat koʼrsatib kelayotgan “LT Texteli International” MChJ shaklidagi xorijiy korxona rahbariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 225-moddasi 4-qismiga koʼra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida hamda 2 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolarini har biriga nisbatan esa shu kodeksning225-moddasi1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʼn baravari miqdorida jarima jazosi qoʼllandi.

Text to speech