20 Sentyabr 2021 yil 579

Qonunbuzarlar jazoga tortildi


Аvval xabar berganimizdek, 2021 yil 05 aprel kuni Qarshi shahar Аrabxona MFYda yashovchi X.J. xonadonida eshak hayvonlari soʼyib kelishi holati aniqlangandi.
Xonadondan boʼgʼizlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, lahm goʼsht mahsulotlari, bundan tashqari, molxonadan 20 dona tirik eshaklar aniqlangandi.
Yaqinda jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi shahar sudida mazkur holat yuzasidan sud majlisi boʼlib oʼtdi. Unda ayblanuvchi X.J. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, ish haqining yigirma foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda 2 yil axloq tuzatish jazosi tayinlandi.

Text to speech