Qonun ustuvorligi taʼminlandi
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun ularni qoʼllab-quvvatlash, huquqiy maqomlarini himoya qilish maqsadida, mislsiz imkoniyatlar yaratilib, hukumatimiz tomonidan qonun va qonunosti hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Lekin shunday boʼlsada, ayrim “tadbirkor”lar bila turib, mazkur huquqiy mezonlarni chetlab oʼtishayotgani ham ayni haqiqatdir.
2022 yil 12 mart kuni Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga kelib tushgan murojaatga asosan, boshqarma maʼsul xodimlari hamda Shahrisabz shahar IIB M va FRB xodimlari tomonidan, Shahrisabz shahri Nomozgoh MFY Taragʼay Bahodir koʼchasida joylashgan “Shahribonu”, “Real”, “Zamin” uy-mehmonxonalari va “Al-Taymur” mehmonxonalari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi 433-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan “E-mehmon” elektron-avtomatlashtirilgan bazasiga mehmonlarning qayd etilishi holati oʼrganilganida, “Shahribonu”, “Real” uy-mehmonxonalari va “Al-Taymur” mehmonxonalarida mahalliy va horijiy tashrif buyuruvchilarni “E-mehmon” elektron-avtomatlashtirilgan bazasida qayd etmasdan, fuqarolik pasporti va boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari boʼlmagan shaxslarga yashash uchun mehmonxona xizmatlarini koʼrsatib kelayotganligi holati aniqlanib, holat yuzasidan toʼplangan hujjatlar qonuniy toʼxtamga kelishlik uchun
Shahrisabz shahar IIB M va FRBga yuborildi.
Shu oʼrinda shuni aytib oʼtmoqchimizki, hozirgi tahlikali zamonda, har birimiz oʼz uyimiz va Vatanimiz tinchligi uchun maʼsul ekanligimizni unutmaylik.