15 Yanvar 2021 yil 820

QONUN USTUVOR, JАZO MUQАRRАR

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida yashovchi fuqaro N.D.ning oʼgʼli S.D. asossiz qamoqqa olinganligini haqida VIDEOLАVHА tarqalgan.

2020 yilning 9 iyul kuni S.D. tanishiZ.Q. bilan oʼzaro janjallashib, Muborak tumani hududida uni “Lasetti” rusumli avtomashinasini tusib toʼxtatib, avtomashinadan tushishini talab qilib, avtomashina oynalarini sindirib, tepib pachoq qilib, mulkiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.D. fuqaro Z.Q. bilan yarashganligi, yetkazilgan zararni qoplab berganligi va Z.Qning daʼvosi boʼlmaganligi sababli jinoyat ishi qoʼzgʼatish rad qilingan.

 BIROQ, S.D. oʼziga berilgan qonuniy imkoniyatdan tegishli xulosa chiqarmasdan, insonparvarlik tamoyilini notoʼgʼri talqin qilib, jinoiy sheriklari bilan “Malibu” rusumli avtomashinasida jamoat joyi hisoblangan Muborak tumani, “Konchilar” mahallasi hududidan oʼtgan А-380 yoʼlining 128 km.da“Neksiya-3” avtomashinasida harakatlanib borayotgan, J.Zning yoʼlini toʼsib, avtomobil yoʼlida boshqa avtomashinalar harakatini tuxtatib, jamiyatda yurish turish qoidalarni qasddan mensimasdan, J.Zni avtomashina salonidan tortib chiqarib, qoʼllarida boʼlgan “bita” va boshqa ashyolar bilan duch kelgan joylariga urib, tan shikasti yetkazishgan.

S.D va boshqalar jinoiy harakatini davom ettirib, J.Z boshqaruvidagi “Neksiya”,  hodisa joyiga kelib qolgan N.M boshqaruvidagi “Kobalt”, А.S boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinalarni “bita” va boshqa ashyolar bilan urib, pachoqlab moddiy zarar yetkazishgan.

Ushbu holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b,v,g,e” bandlari bilan            jinoyat ishi qoʼzgʼatilib,  dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha keng qamrovli tergov harakatlari olib borish lozimligini inobatga olib, IIVning 100-sonli buyrugʼi talablariga rioya qilgan holda jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi TB ish yurituviga olingan.

Jinoyat ishi boʼyichaS.Dganisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, JIB Qarshi shahar sudi tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

            Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

            Tergov yakuni boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Text to speech