21 Iyun 2022 yil 677

Qonun takomillashtirildi

    Qashqadaryo viloyati hududida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, viloyat Ovchilik va baliqchilik sport birlashmasida faoliyat olib borayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 31 may kunidagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonuni qabul qilinganligi, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilganligi yig‘ilish qatnashchilari e’tiboriga yetkazildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston RespublikasiJinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185, 220, 220.1, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritildi. Qonunda o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilangandi.

    Qonun 2022 yilning 2 dekabr kuni kuchga kirishi, qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish tartibi belgilandi. Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari tasdiqlandi. Endi ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshgacha oshirildi. Barcha turdagi pnevmatik qurolga egalik qilishni faqat ichki ishlar organlarning ruxsatnomasi asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurol sonini 3 dona bilan cheklandi.

     Shuningdek, yig‘ilishda bu sohada boshqa o‘zgarishlar bo‘yicha ham yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berilib, qonun bo‘yicha infografik ma’lumotlar tarqatildi.

Text to speech