QONUN IJROSI TА'MINLАNMOQDА
Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyunь kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuniga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida” Qonuni qabul qilindi. Unga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining 13 mart 2020 yilda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʼgʼrisida”gi Qonunining 6-moddasi talabiga koʼra, 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʼlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi deb koʼrsatilgan.
Mazkur qonun ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi tomonidan bir qator amaliy ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qonun talabiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi xududada oʼn besh yildan ortiq muddatdan buyon doimiy yashab kelayotgan 38 nafar fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olinib, bugungi kunda ularga yangi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirib berilib berildi. Jumladan, Tojikiston Respublikasi Hisor tumanida tugʼilgan 1999 yilda doimiy yashash maqsadida oila aʼzolari bilan Oʼzbekiston Respublikasiga kelib doimiy roʼyxatdan oʼtgan Xaydarov Аbdurashid Xamidovichga Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi berilib, Qarshi shahar IIB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirilib berildi. Otaxon bilan birga oʼgʼillari Xaydarov Sirojidin Аbdurashidovich va Xaydarov Jaxongir Аbdurashidovichham bunday imkoniyatdan bahramand boʼlishdi.
Bu boradagi amaliy ishlar davom etirilmoqda.
B.Suvonov,
Qarshi shahar IIO FMB MvaFRB
boshligʼi podpolkovnik