7 May 2020 yil 1205

Qonun hamma uchun barobar!

2020 yil 02 may kuni Kitob tumani IIBga kelib tushgan habarga koʼra,  Kitob tumanida joylashgan “Kitob oziq-ovqat dehqon bozori” MChJ hududida Kitob tumani “Mustaqillik” MFYda yashovchi K.I. qonunga xilof ravishda 100 АQSh dollarini Z.Gʼ.dan 990.000 soʼmga sotib olganligi aniqlanib, ushbu pul mablagʼlari ashyoviy dalil sifatida olingan. I.K.ga nisbatan oʼtkazilgan shaxsiy tintuv natijasida uning yonida mavjud boʼlgan 925 АQSh dollari, 9700 Rossiya rubli va jami 2.316.000 soʼm pul mablagʼlari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan. I.K. bir yil davomida qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olish yoki sotishda ifodalangan huquqbuzarlikni takroran sodir etganligi boʼyicha uning harakatlarida jinoyati alomatlari borligi sababli I.K.ga nisbatan Oʼz.R JKning 177-m. 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech