21 Fevral 2022 yil 788

Qonun barchaga barobar


Qarshi shahrida oʼtkazilib kelinayotgan “Spitamen” profilaktik tadbiri davomida, mijozlarga xizmat koʼrsatib kelayotgan “Afsona”mehmonxonasida Oʼzbekiston Respublikasida boʼlish, turar-joy tanlash tartibini buzib, yashab kelayotgan 2 nafar Hindiston davlati fuqarolari aniqlandi. Qoidani buzgan 2 nafar Hindiston davlati fuqarolariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 225-moddasi 1-qismiga koʼra, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, har biri eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Mehmonlarni qabul qilish tartibini buzganligi uchun mehmonxona rahbariyatiga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 225-moddasi 4-qismiga koʼra, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shu sababli, xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan chet elfuqarolarini va ushbu fuqarolarni yashashi uchun turar-joy bergan xonadon egalari va ularni qabul qilgan korxona, tashkilot hamda mehmonxona mansabdor shaxslarini amaldagi qonun-qoidalarga ogʼishmay amal qilishlari boʼyicha ogohlantiramiz.

Text to speech