Qoʼlbola usulda yogʼ ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga chek qoʼyildi
Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʼlimi va Qamashi tumani IIB hodimlari hamkorlikda olib oʼtkazgan tadbir tufayli yana bir fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qoʼyildi. Jumladan, 2021 yil 20 may kuni Qamashi tumani, Navoiy MFYda yashovchi E.Oʼ. uyining qoʼshimcha binosida moy juvoz uskunasini oʼrnatib, yogʼ ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlandi. Gumondorning uyidan yogʼ ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar va 400 kg chigit, 500 litr moy juvoz yogʼi, 200 kg kunjara, 100 litr zigʼir yogʼi, 150 dona 5 litr hajmli yelim idish va qopqoqlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan toʼplangan hujjatlar Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.