Qogʼoz boʼlaklariga oʼralgan giyohvandlik vositasi
Odamning ongu shuri va oʼzligidan mosuvo qiluvchi giyohvandlik moddalarining zarari haqida qancha qancha koʼp va xoʼp gapirilsada, moʼmay daromad ilinjida ogʼufurushlik qilayotgan shaxslar jamiyatda uchramoqda. Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan shu yil 22 may kuni soat 16:00larda, shaharning “Naxshab” MFY hududida oʼtkazilgan tezkor tadbir yana bir ogʼufurushning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, Qarshi tumani “Chorgumbaz” MFYda yashovchi R..N. Koson tumanida yashovchi M.B.ga 3 dona qogʼoz boʼlaklariga oʼralgan giyohvandlik vositasini 3.000.000 soʼmga sotgan paytda ushlangan.
Zahri qotil shaydosidan olingan “marixuana” giyohvandlik vositasi taroziga qoʼyilganda 1,9 gramm tosh bosdi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.