4 Yanvar 2021 yil
773
QOCНOQ MOSKVАDА USНLАNDI
Koʼp miqdorda oʼgʼrilik jinoyatini sodir etgani uchun Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, unga nisbatan jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi shahar sudi tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan M.А. jazoni oʼtashdan boʼyin tovlaganligi uchun, unga qidiruv eʼlon qilingandi.
Qarshi shahar IIO FMB tomonidan qidiruvda boʼlgan M.А.ga nisbatan qidiruv ishlari davomida u RF Moskva shahrida ekanligi aniqlanib, IIV JQBB va viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan ushlanib, respublika hududiga olib kelindi.
Endi M.А. buzoqning qochgani somonxonagacha degan naqli maʼnosini yaxshi tushungan boʼlsa ne ajab.