14 Avgust 2021 yil 439

Qoʼchqor oʼgʼrilari Gʼuzorda ushlandi

Dehqonobod tumani “Qodir baxshi” MFYda yashovchi X.B. 2021 yilning 11 avgust kuni soat 17:00larda hovlisi atrofidagi yaylovga 4 bosh qoʼylari oʼtlash uchun qarovsiz qoʼyib yuboradi. Kechqurun qoʼylar orasida qoʼchqori yoʼqolganini bilgach, ertasi kuni Dehqonobod tuman IIBga ariza berdi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan Dehqonobod tumani IIB HPB HTM profilaktika katta inspektori mayor B.Eshboev va profilaktika inspektori leytenant S.Oʼroqov qoʼchqorni qoʼshni Gʼuzor tumanidan topishdi.
Maʼlum boʼlishicha, “Damas” rusumli avtomashinada tumanlararo koʼrpa, yostik va shu turdagi materiallar savdosi bilan shugʼullanuvchi Аndijon viloyati Shahrixon tumani “Seguza-qum” MFYda yashovchi J.S. va Аndijon viloyati Аsaka tumani Eski Аndijon koʼchasida yashovchi А.Sh. yoʼldan oʼtayotib, bilsa hazil, bilmasa chin qabilida toʼrt bosh qoʼylar ichidan bir bosh qoʼchqorni ushlab avtomashinaga bogʼlab ortib ketishgan ekan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech