19 Yanvar 2023 yil
637
Qochoq o‘g‘ri qo‘lga tushdi
Ko‘p miqdorda o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan Qamashi tumani “Olmazor” MFYda yashovchi R.D. aybiga iqror bo‘lish o‘rniga qochishni afzal bildi. Natijada unga nisbatan Qamashi tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilindi.
Holat yuzasidan Qamashi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda u 2023 yilning 17 yanvar kuni Qamashi tumani hududida ushlanib, VShga joylashtirildi.