14 Sentyabr 2022 yil
856
Qochoq Moskvada qo‘lga tushdi
Ko‘p miqdorda o‘zgalar mulkini o‘zlashtirgani uchun Muborak tumani prokuraturasi tomonidan tergovga jalb etilgan Kasbi tumanida yashovchi T.B. fursat topib qochib qolgandi. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Qashqadaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida qochoq Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ushlandi.