5 May 2023 yil 261

Qochoq mahallasida ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi  “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Shahrisabz shahar prokuraturasi tergovga jalb etilgan Kitob tumani “Beshqozoq” MFYda yashovchi A.S. noma’lum tomonga yashirindi. Natijada unga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan  qidiruv e’lon qilindi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qochoq Kitob tumani “Beshqozoq” MFY hududidan ushlanib, VSXga joylashtirildi.

Text to speech