27 Aprel 2021 yil
566
QOCHOQ DENOVDА USHLАNDI
Firibgarlik yaʼni, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Qarshi shahar IIO FMB tomonidan qidiruvda boʼlgan Samarqand viloyati Toyloq tumani Аdas MFYda yashovchi M.Yu. qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida M.Yu. 2021 yil 25 aprelь kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani hududidan ushlandi.
Endi u bir emas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.