26 Mart 2021 yil 542

Qingʼir ish, keltirar tashvish

Muqaddam oʼgʼirlik jinoyatini sodir etgani uchun axloq tuzatish jazosiga hukm qilingan Qarshi shahrilik G.D. berilgan imkoniyatdan oʼziga tegishli xulosa chiqarmadi. U jazoni oʼtashdan boʼyin tovlab yashirinib qutulmoqchi boʼldi. Natijada unga nisbatan Jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi shahar sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingandi.

Izquvarlar olib borgan tezkor tadbirlar tufayli G.D. 2021 yil 24 mart kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari va Qarshi shahar IIO FMB Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan olib Qarshi shahar hududida ushlandi. Bir aybi ikkita boʼlgan qochoq endi qonun oldida javob bermoqda.

Text to speech