21 Iyun 2021 yil
616
Qimorga xumor shovvozlar
Tavakkalchilik va qimorga asoslangan oʼyinlar odamni doim kulfatga boshlaydi. Negaki, birovni sarmoyasini aldab yutib olish qonunda ham, dinda ham qoralanadi. Jumladan, Qarshi tumani “Potron” MFYda yashovchi fuqarolar E.S., F.F., S.А. va J.B.lar mahalla hududida joylashgan choyxonada pul tikib tavakkalchilikka asoslangan qimor oʼynayotganligi holati Qarshi tumani IIB MHTM profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlandi. Ulardan oʼyinda foydalangan 36 dona qarta va pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.