18 May 2022 yil
622
Qimorbozlar qoʼlga tushdi
2022-yil 15-may kuni Qarshi shahar IIOFMB 3-sonli IIB xodimlari tomonidan shaharning "Gungon" MFY hududida joylashgan "Nasaf" avtomobil bozorida Qarshi tumanida yashovchi fuqarolar F. Sh., O.А. va D.T.lar tavakkalchilikka asoslangan qimor oʼynayotganligi holati aniqlandi. Qimorbozlardan oʼrtaga tikilgan pul va daliliy ashyolar olindi.
Jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi shahar sudi tomonidan qimorbozlar F. Sh., O.А. va D.T.larning har biriga Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.