12 Avgust 2023 yil
683
Qidiruvdagi shaxsning “safari” yakunlandi
Qo‘shmachilik jinoyatini sodir etgani uchun tergovga jalb etilgan G‘uzor tumani “Do‘stlik” MFYda yashovchi Q.G. qonundan qochib qutulishga ahd qildi. Tergov organlarini chalg‘itib, yashirindi. Natijada unga nisbatan JIB G‘uzor tuman IIB tomonidan qidiruv e’lon qilindi.
Holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlarini olib borgan G‘uzor tuman IIB xodimlari tomonidan 2023 yil 11 avgust kuni qochoqni tuman hududidan ushlab, tergov organiga topshirishdi.